6 Fevral 2022 970

Navoiy viloyat IIB PPXvaJTSB hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda reyd tadbirlari oʻtkazildi

Viloyat IIB PPXvaJTSB xodimlari hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilib, reyd tadbirlari tashkillashtirildi. 

Xususan, Karmana tumani hududida tungi nazorat reyd tadbirlari davomida “Hazora” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosi muhofaza zonasida qonun buzilish holati aniqlandi.

Belgilanmagan joydan qum-shagʻal aralashmasini bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qazib olinayotganligi sababli ularga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrildi.

Ushbu holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi bilan 2 mln 700 ming soʻm miqdorda jarima belgilandi va huquqbuzarga yuqoridagi holatlar qayta takrorlanmasligi uchun yozma ogohlantirishlar berildi.

Navoiy shahar sanoat hududida nazorat reyd tadbiri davom ettirilayotgan paytda yana bir holatga duch kelindi. Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida yashovchi fuqarolar I.N va R.Mlar tomonidan turli xildagi yirik hajmli chiqindilarni belgilanmagan joyga joylashtirilayotgan paytida ishchi guruh tomonidan toʻxtatildi.

Ushbu holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага