18 Dekabr 2022 647

Navoiyda akademik litsey oʻquvchi qizlari hamda masʼul xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Xotin-qizlar maʼnaviyatini yuksaltirish, maishiy zoʻravonlik qurboniga aylanishning oldini olish va gender tengligi tushunchalarini targʻib qilish maqsadida Navoiy viloyati IIB Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchi va oʻqituvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi. 

Unda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Navoiy viloyat vakilligi bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼul xodimasi soʻzga chiqib, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni turli soha va tarmoqlarda oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash haqida tushuntirib oʻtdi. 

Shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy, namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy negizlari va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli ishlar olib borilayotganligi haqida, yana erta nikohlarning, oilalardagi nizoli holatlar va ajralishlarning oldini olishdagi diniy qarashlar haqida soʻzladi. 

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha viloyat IIB vakillari esa, avvalo oʻquvchi qizlar litsey ichki tartib-qoidalariga, formali kiyim-boshlarni kiyib yurish qoidalariga qatʼiy rioya qilib, doimiy ravishda oʻz ustilarida ishlab, bilim saviyasini oshirishlari kerakligini taʼkidlab oʻtdilar. 

Oʻquvchi qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularga yuridik maslahatlar olishlari, xotin–qizlarning turmushi, ish joylari, taʼlim muassasalari kabi joylarda tazyiq va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish va ularni oldini olish, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar haqida mazmunli maʼruza qilishdi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, xotin-qizlarimiz uchun tashkil etilgan bu kabi tadbirlar ularni kelajakda kasb tanlashi, jamiyatda oʻz oʻrniga ega masʼuliyatli xodima, mehribon va sadoqatli uy bekasi boʻlishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага