3 Iyun 2022 310

Navoiyda akademik litsey o‘quvchi qizlari hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Navoiy viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi tashabbusi bilan IIV Navoiy akademik litseyida tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar o‘rtasida “Sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirga “Navoiy viloyati reproduktiv va aholi salomatligi markazi” ginekolog va pediatr shifokorlari taklif etildi.

Tadbir davomida Navoiy viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi xodimlari hamda viloyati reproduktiv va aholi salomatligi markazidan tashrif  buyurgan  mehmonlar so‘zga chiqishdi. Maʼruza mualliflari o‘quvchi qizlarni oilaga tayyorlash, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish ko‘nikmalarini hosil qilish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirishning tibbiy xususiyatlari hamda farzand tarbiyasining eng muhim omillari haqida qimmatli maʼlumotlar hamda tavsiyalar berdilar. Shu bilan birgalikda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasalliklarning oldini olish, tabiat neʼmatlaridan unumli foydalangan holda mahoratli oila bekasi bo‘lishning sir-sinoatlari haqida fikrlar bildirildi. O‘quvchi qizlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага