24 Noyabr 2022 584

Navoiyda elektro-skuterni o‘g‘irlaganlikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Xalqimizda “Tekin topgan mol yomon, oxiri qo‘ymas omon” degan hikmatli naql bor. Toki inson mehnati ortidan kun ko‘rmas ekan vaqti kelib qusurini ko‘rsatadi.

Zarafshonlik 42 yoshli Ch.I ham qilmishi fosh bo‘ladi deb o‘ylamagan edi. 31-ko‘p qavatli uyning tagida turgan Viktor Pukayevga tegishli 20 mln so‘mlik elektro skuterni qulfini tosh bilan urib olib, voqea joyidan qochib ketdi.

Olib borilgan tezkor –tergov harakatlari natijasida skuter Ch.Ining dala hovlisidan topildi. Uni vaqtincha saqlab maʼlum muddatdan so‘ng sotishni mo‘ljallagan ekan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага