19 Yanvar 2022
451
Navoiyda IIB mutasaddilari maxsus taʼlim muassasasidagi ahvolni oʻrganishdi
Navoiy viloyati IIB masʼul rahbarlari koʻrish imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida boʻlib, u yerda zaif koʻruvchi va koʻzi ojiz oʻquvchilar taʼlim olish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Oʻrganishlar davomida mavjud muammolar tahlil etildi. Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar kelishib olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati