Navoiyda IIB Probatsiya nazoratidagi 7 nafar mahkumlarga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qoʻllanildi
Insonki, adashibdi, yoʻlini boshqa tomonga buribdi, ammo bir kun kelib uning xato ekanligini anglabdimi, uni kechirish, toʻgʻri yoʻlga qaytishiga koʻmak berish insoniylikning oliy koʻrinishidir.
Shu bois adashib jinoyat yoʻliga kirgan va sodir etgan qilmishidan chin dildan pushaymon boʻlgan insonlarga yana bir bor imkon berish, ularni toʻgʻri yoʻlga, oilasi bagʻriga qaytarish davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biriga aylanib bormoqda.
Yaqinda Navoiy viloyati IIB Probatsiya boʻlimining majlislar zalida boʻlib oʻtgan yigʻilish ham 7 nafar mahkumning taqdirida oʻzgarish yasadi. Yigʻilishda Navoiy shahar IIB Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini oʻtayotgan, shu muddatda mehnatga halol munosabatda, qilmishlaridan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan bir guruh mahkumlarga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qoʻllanilib qonunchilik asosida oʻtalmay qolgan jazosidan muddatidan ilgari ozod etildi.
Tanganing ikkinchi tomoni boʻlgani kabi Probatsiya xodimlari buyruqlariga bepisandlik qilgan, jazo oʻtash jarayonida talablarga rioya qilmagani sababli R.Oning oʻtalmay qolgan 1 yilu 20 kun axloq tuzatish ishlari shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi va manzil koloniyasida jazo oʻtashi belgilandi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati