11 Mart 2023
623
Navoiyda IIV Akademiyasi kursantlari uchun mahorat darsi tashkil etildi
Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʻi va IIV Akademiyasi professor oʻqituvchilari kunduzgi taʼlimining 1-2 bosqich kursantlari uchun mahorat darsini tashkil qildi.
Videokonferens oʻquv davomida firibgarlik jinoyatlarini tergov qilish hamda tergovchining boshqa sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorligi haqida soʻz bordi. Sohaga endigina qadam qoʻygan yosh kursantlar uchun sohada uchrayotgan muammolar va ularga yechim topish borasida maʼlumotlar berildi. Bunda tumanlar kesimidagi statistik maʼlumotlardan foydalanildi. Mahorat darsi yakunida kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati