15 Sentabr 2021 367

Navoiyda ikki doʻst oʻgʻrilik sabab qoʻlga tushdi

Karmana tumanining “Ayronchi” mahallasida oʻynab katta boʻlgan 19 yoshli ikki sinfdosh oʻrtoq I.J va M.O kun boʻyi uyda uxlab kech tushganida esa koʻchada yurishga odatlanib qoldi. 

Ota-onasining tanbehlariga yosh bola emasligini roʻkach qilib eʼtiroz bildira boshladi. Hunar oʻrganib biror joyda ishlashniku xayoliga ham keltirmadi. Ana shunday kunlarning birida oʻzidan 20 yosh katta X.Z bilan tanishib oldi-qochdi gaplar bilan suhbatlashib yurishdi. X.Z bir kuni ularni oʻzi yashab turgan uyga mehmonga chaqirdi. Mehmondorchilik nihoyasida I.J va M.O uy egasini 2 mln 500 ming soʻmlik «Samsung A-21» rusumli telefon apparatini oʻgʻirlab ketishdi. Munosabatlar esa shu joyda yakun topdi. 

Mahalladoshlar oʻzlarining telefon raqamlarini oʻzgartirib oʻgʻirlagan buyumni sotib yuborishdi. Pulini esa ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgani aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan I.J va M.Olarga nisbatan Jinoyat kodeksining 171-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага