26 Sentabr 2022 521

Navoiyda koʻrish imkoniyati cheklangan bolalar oʻrtasida kitobxonlik koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

Mamlakatimiz rahbarining joriy yilning 18-aprel kunidagi koʻrish imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida taʼlim berish sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy shahrida joylashgan Nurli maskan ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlik bellashuvi oʻtkazildi. 

Unda turli yoshdagi maktab-internat oʻquvchilari ijodiy qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazishdi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar ichki ishlar boshqarmasi tomonidan diplom va kitoblar toʻplami bilan mukofotlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага