Navoiyda turli huquqbuzarlik va jinoyatlarga qarshi kurashish ishlari keng tarzda olib borilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik B.T.Abdullayev rahbarligida joriy yilning 5-may kuni videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tungi nazorat-reyd tadbirlarida asosiy eʼtibor, qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etib yurgan haydovchilarni, tungi klub, karaoke, barlar va boshqa koʻngil ochar joylarda sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni oldini olish, koʻp qavatli uylar atrofida tunning ikkinchi yarmida maqsadsiz yurgan fuqarolarni aniqlash, qidiruvdagi shaxslarni topish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalasiga qarshi kurash, yoshlar, ayniqsa, voyaga yetmagan shaxslarni tungi vaqtlarda sababsiz yurganlik holatlarini aniqlash va boshqa kriminogen vaziyatga taʼsir etuvchi omillarni aniqlashga qaratilmoqda.
Xususan, joriy yilning 5-may kuni kechki soat 01:10 larda "TIGʻ" tadbirlari davomida Uchquduq tumani H.Doʻstligi koʻchasi 22-uy oldida shubhali koʻringan voyaga yetmagan fuqaro A.B. yoni koʻzdan kechirilganda bir dona tan jarohat yetkazishga moʻljallangan kastet hamda oʻtkir tigʻli pichoq borligi aniqlanib, oʻtkir tigʻli jismlar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olinib, belgilangan tartibda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 185-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar chora koʻrishlik uchun JIB Uchquduq tumani sudiga yuborilgan.
Bundan tashqari, PPX batalyoni komandirining birinchi oʻrinbosari mayor A.H.Djoʻrayev tomonidan tungi xizmatga jalb qilinayotgan xodimlarga soatbay maqsadli topshiriq berilib, kunning ikkinchi yarimida xodimlar tomonidan Navoiy shahar I.Karimov koʻchasi 60-uydan soat 01:40larda PPXB navbatchilik qismiga kelib tushgan murojaat yuzasidan xodimlar borib oʻrganilganida Xatirchi tumanida 2002-yilda tugʻilgan. X.I. va Samarqand viloyati Narpay tumanida 2002-yilda tugʻilgan U.Olar Navoiy shahrida 2004-yilda tugʻilgan. Sh.A. va 1995-yilda tugʻilgan. B.N.lar bilan pul evaziga jinsiy aloqada boʻlayotganligi aniqlanib, ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Navoiy shahar IIBning 4-sonli huquq tartibot maskaniga olib borilib belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi hamda profilaktika inspektori tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 190-moddasida asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Navoiy viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi