6 Avgust 2022 329

Navoiyda "Vatanparvarlik oyligi" tadbirlari Karmana tumani IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazildi

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Karmana tumani IIB xodimlari hamda Qosim-shayh majmuasi imomi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish Instituti katta inspektori katta leytenant Akkulov Kozimbek ishtirokida "Vatanni sevmoq iymondandir" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari tuman IIB xodimlarining motamsaro ona haykali hamda hududda joylashgan tarixiy obidalarga sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida xodimlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda aqliy salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan maʼruzalar o‘qib eshittirildi.

Shuningdek xizmati davomida samarali natijalarga erishgan ikki nafar xodimlarining yashash xonadoniga borilib ularning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.

Oylik doirasidagi tadbirlarda sport hamda xodimlarning jangovar shayligini oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi. Unda qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha o‘quvlar o‘tkazilib, xizmat intizomi, qonunchilikka qatʼiy rioya etishligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага