10 Oktabr 2021 3984

Navoiyda veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda 160 kg goʻsht mahsulotlari olib ketilayotganligi aniqlandi

Joriy yilning 8-oktyabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Samarqand” YPX maskanida “Buxoro-Toshkent” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi Sh.Sh. boshqaruvidagi «Laсetti» rusumli avtotransport vositasi Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi masʼul xodimlar tomonidan tomonidan toʻxtatib tekshirilganda, avtomobil yukxonasida 160 kg. yirik shoxli qoramol goʻshtini Vazirlar Mahkamasining 386-son qarori talablarini buzgan holda (veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda tashish) Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimi tomonidan fuqaro Sh.Sh.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 109-moddasiga asosan (veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish) maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatib oʻtamiz, goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashish uchun moʻljallangan transportning poli va idishlar silliq, tozalash va dezinfeksiya qilish uchun qulay boʻlishi, mahsulot sifati va isteʼmolchilar salomatligiga taʼsir koʻrsatmaydigan materiallardan yasalgan boʻlishi kerak. Barcha toifadagi hayvonlar soʻyilganidan soʻng ularning goʻshti va boshqa mahsulotlarini veterinar ekspertizadan oʻtkazilishi shart.

Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага