31 Avgust 2022 906

Navoiyda Zarafshon shahar 3-sektor shtabida yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Navoiy viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi navbatdagi sayyor qabulini Zarafshon shahar 3-sektor shtabi binosida yoshlar va fuqarolar bilan boʻlib oʻtdi. Mazkur qabulda zarafshonlik fuqarolarning moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bandilik hamda sudga oid muammolari ijobiy hal etilishi yuzasida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan, Yoshlik MFYda yashovchi Malohat Odinayeva qizini oliygohning 2-bosqich talabasi boʻlgani, yotoq joyi uchun imkoniyati yoʻqligi shu sababli institut yotoqxonasidan joy ajratishda amaliy koʻmak soʻrab murojaat etgan edi. Murojaati masʼullar tomonidan oʻrganilib ijobiy hal qilib berildi.

Shu mahallada istiqomat qiluvchi yana bir fuqaro – Fotima Abdullayeva milliy qandolatchilik yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirdi. Uning ham murojaati hududiy banklar bilan hamkorlikda ijobiy hal etilishiga erishildi. Imtiyozli kredit rasmiylashtirish uchun hujjatlari qabul qilindi.

Xullas shu kuni 10 dan ortiq murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy yechimga erishdi. Oʻz oʻrnida murojaat egalari vatanimizda yoshlarga ajratilgan imkoniyatlardan mamnunligini bildirishdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага