5 Iyul 2021 225

Nizo qotilikka boshladi

Koson tumani «Toshko'prik» MFYda fermer xo'jaligi raisi bilan yollanma ishchisi o'rtasidagi o'zaro kelishmovchilik tufayli ro'y bergan qotillik jinoyati yuzasidan muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda viloyat IIB, tuman hokimligi, prokuraturasi, IIB rahbarlari, mahalla faollari va jinoyat sodir etgan shaxsning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Muhokama yig'ilishida so'zga chiqqan viloyat IIB boshlig'i polkovnik Shuhratjon Satvoldiev oila turmush doirasida sodir etilgan bu jinoyatni yuzaga keltirgan sabab va omillarni atroflicha tahlil etdi.

Mahalla faollari bu ishga panja orasida qaragan. Negaki, rasmiyatchilik yuzasidan ikki tomondan ham shikoyat tushmagani uchun ularning janjaliga biror marta aralashmagani mahalla faollari keskin tanqid ostiga olindi.

Bunday salbiy holatlar qayta takrorlanmasligi uchun mahallaning mas'ul mutasaddilariga xizmat tekshiruvi tayinlanib, ogohlik va hushyorlikni oshirishi lozimligi qayd etildi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda o'z vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondoshgan sektor rahbarlari qattiq ogohlantirilib, mas'ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага