14 May 2022 548

Noqonuniy ravishda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish sexini tashkil qilganlar ushlandi

Samarqand viloyatining Narpay tumanida istiqomat qiluvchi U.I. yaqin qarindoshlari va tanishlaridan iborat jinoiy guruh tuzib, noqonuniy ravishda qoʻlbola spirtli ichimliklar mahsulotlarini tayyorlash, qadoqlash yashirin sexini tashkil qilganligi Samarqand viloyati IIB hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan fosh qilindi.

Yashirin sexda 36 xil turdagi 1068 dona shisha idishlarga qadoqlangan tayyor aroq hamda 70 litr qadoqlanmagan alkogol mahsuloti va 687 ta aksiz markasi aniqlanib, tegishli tartibda protsessual hujjatlashtirildi.

Mazkur sexda tayyorlangan mahsulotlar viloyatning Narpay, Paxtachi tumanlari hamda Navoiy viloyatidagi doʻkon va oshxonalarga sotib kelinganligi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага