16 Yanvar 2023 426

Noqonuniy ravishda yer sotilishini oldi olindi

2023 yil 06 yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda issiqxona qurib tadbirkorlik qilish maqsadida yer maydoni izlab yurgan vaqtida, Jomboy tumani Jurriyat mahallasida yashovchi o‘zini fermer xo‘jalik rahbari deb tanishtirgan “Q.V.” ismli shaxs bilan tanishib qolganligini, “Q.V.” uning ishonchiga kirib, tumanning Haqiqat massivi hududida joylashgan fermer xo‘jaligining 0.23 gektar yer maydonini 30 000 AQSH dollariga sotishini va soxtalashtirish orqali uning nomiga ajratilganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab berishini, keyinchalik tuman Kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali kadastr hujjatlarini ham rasmiylashtirishda yordam berishini aytib, oldindan 5 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida, Jomboy tumanida joylashgan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Q.V.” ariza muallifidan 5000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага