1 Iyun 2022 1017

Noqonuniy valyuta ayirboshlash fosh qilindi

Joriy yilning 25-may kuni IIV Transportda XTBB boshligʻi nomiga Sh.N. ariza bilan murojaat qilib, Toshkent shahar, Olmazor tumanida joylashgan “Savdo doʻkoni” oldida “X” va “A” ismli notanish shaxslar noqonuniy valyuta oldi sotdisi bilan shugʻullanayotganligini, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Arizaga asosan TvaEQKB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Jarariq koʻchasida joylashgan «Bilol goʻsht market» MCHJ ichida 2000-y.t. Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida yashovchi I.A. noqonuniy tarzda 3600 AQSH dollarini ariza egasi Sh.N.ga 40.000.000 soʻmga almashtirib berayotgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага