15 May 2021 4269

Norin tumanida sodir bo'lgan YTHda 2 fuqaro vafot etdi

2021 yil 12 may kuni soat 10:30 larda, Cho'ja-Haqqulobod yo'lining 22 km.da, Norin tumani Bo'zo'lmas MFY hududida, Norin tumanida yashovchi, 1978 yilda tug'ilgan fuqaro Nektsiya rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlari bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo'nalishga o'tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Norin tumanida yashovchi, 1976 yilda tug'ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to'qnashib, so'ngra ushbu avtomashinani ortidan harakatlanib kelayotgan, Namangan tumanida yashovchi, 1997 yilda tug'ilgan fuqaro boshqaruvidagi UAZ rusumli avtomashinasi bilan to'qnashib ketgan.

Natijada, Nektsiya rusumli avtomashinada bo'lgan yo'lovchilar, Norin tumanida yashagan, 1959 yilda tug'ilgan, Andijon viloyati Paxtobod tumanida yashagan, 1984 yilda tug'ilgan fuqarolar og'ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etganlar.

Shuningdek, Nektsiya rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya chayqalishi, o'ng ko'krak qovurg'a suyaklarini yopiq sinishi, o'ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi va yo'lovchilari, Namangan shahrida yashovchi, 1982 yilda tug'ilgan fuqaro bosh miya chayqalishi, ikkala oyoq son suyagini yopiq sinishi, Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi, 1982 yilda tug'ilgan ayol bosh miya chayqalishi, ikkala ko'z sohasi gematomasi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo'yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 may kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага