7 Noyabr 2022
521
Ochiq eshiklar kuni
IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali 1-bosqich talabalari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Unda harbiy qismdagi mavjud qurol-aslaha, harbiy texnika va askarlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgan kelajagimiz egalari kelgusida o‘zlari ham ona Vatanimizning munosib himoyachilari bo‘lishga ahd qilishdi.
Vatanparvarlik ruhida o‘tgan mazkur tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.
Abduhamid OLLAYOROV,
kichik serjant.