23 May 2022 595

Odam savdosi bilan shugʻullanayotgan shaxs qoʻlga olindi

Joriy yilning 16-may kuni Andijon viloyati IIB Transportda XTB boshligʻi nomiga 1997-y.t. Andijon viloyati Andijon shahar Maxjuriy koʻchasida yashovchi, M.M. ariza bilan murojaat qilib, Andijon viloyati Jalaquduq tumani “Yangichek” mahallasida yashovchi “S” ismli ayol noqonuniy ravishda Turkiya davlatiga yosh qiz va juvonlarni oʻzi bilan olib borib fohishalik qilish orqali koʻp miqdorda pul topishga, uy joy hamda mijozlar bilan taʼminlashga qiziqtirib, boshqa shaxslarga sotib yuborayotganligini maʼlum qilgan va ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Shu yilning 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda XTBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimlari hamda Andijon viloyati IIB TXTB JQB xodimlari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan Toshkent xalqaro aeroportida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida “S” ismli ayol ushbu kuni soat 07:40larda “Toshkent-Istanbul” yoʻnalishidagi Turkiya davlatiga ketish maqsadida fuqaro M.M. bilan birga samolyotga chiqish uchun roʻyxatdan oʻtgan vaqtida ushlanib, shaxsi surishtirilganida, 2001-y.t. Andijon viloyati Jalaquduq tumani “Yangichek” mahallasida yashovchi M.S. ekanligi, uning yonlari ikki nafar xolislar ishtirokida qoʻl sumkasi koʻzdan kechirilganida 1 dona G7 Samsung telefoni, 1 dona A-213 Samsung telefoni, 1 dona M.M. nomiga rasmiylashtirilgan chipta, 3 dona “Toshkent-Istanbul” yoʻnalishi boʻyicha aeroportdan roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi oʻrindiqlar varaqasi, 3 dona fuqaro M.M., oʻziga hamda farzandiga tegishli boʻlgan chet elga chiqish pasporti, fuqarolik pasporti, farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, “Covid-19” tahlil maʼlumotlari borligi aniqlanib, kelgusida ushbu hujjatlar daliliy ashyo boʻlishini inobatga olinib tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага