19 Aprel 2021 1007

Odamfurush niyatiga eta olmadi

2021 yilning 17 aprel` kuni O'zbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Sirdaryo viloyati IIB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo'limi hamda Guliston shahar IIO FMB TEQKB xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyati yuzasidan tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida 1983 yilda Sirdaryo viloyatida tug'ilgan, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi fuqaro D.T, 1991 yilda Qoraqalpog'iston Respublikasida tug'ilgan, turmushga chiqmagan, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi fuqaro N.K.ni «Spark» rusumli avtomashinada Toshkent shahridagi xalqaro aeroport orqali Turkiya davlati, Antaliya shahriga fohishalik bilan shug'ullanish uchun olib ketayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo'lga olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага