15 Yanvar 2022 4006

Oʻgʻirlangan “boshmoq”ni 300 AQSH dollariga sotmoqchi boʻldi

Joriy yilning 10-yanvar kuni Samarqand viloyati IIB TXTBga kelib tushgan maʼlumotga koʻra, 2021-yilning 10-dekabr kuni Samarqand temir yoʻl bekatining 6-temir yoʻl izida turgan vagonga qoʻyilgan “Boshmoq” yoʻqolganligi hozirda ushbu boshmoq boʻyicha barcha viloyat Transportda XTBlarda surishtiruv ishlari olib borilayotganligi, tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu yoʻqolgan “Boshmoq” “U” ismli fuqaroda ekanligi maʼlum qilingan.

Shu kuni Samarqand viloyati IIB TXTB JQB tezkor xodimlari tomonidan “Nazorat ostida xarid” tezkor qidiruv tadbiri davomida, “U” ismli shaxs ushbu yoʻqolgan “Boshmoq”ni, tezkor tadbirga jalb qilingan Samarqand temir yoʻl bekatining boshligʻi “K” ismli shaxsga Samarqand shahar, Qorasuv massivi, “Shodiyona” MFYda 150 AQSH dollari hamda 1.500.000 soʻm miqdoridagi pullar evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага