5 Avgust 2022 1167

Oʻgʻirlangan televizor tez fursatlarda egasiga qaytarildi

Qiziriq tumanida 2022-yil 20-iyul kuni tumanning “Rabotak” mahallasida yashovchi, R.Nuriya (ism shariflar oʻzgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 20-iyul kuni soat 08:30 dan soat 11:30 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida, nomaʼlum shaxs yashash uyi oshxonasida turgan 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) soʻmlik televizorini oʻgʻirlab ketganligini bildirgan. Mazkur jinoyat ishi yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrilgan choralar hamda shaxsni portret va daktiloskopik identifikatsiya qilish guruhida mavjud boʻlgan avtomatlashtirilgan taqqoslash tizimi bazalari yordamida tekshirilganida, ushbu oʻgʻirlikni Sherobod tumanida yashovchi, H.Ravshan sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan H.Ravshanga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага