15 May 2021 5517

Ogohlik - davr talabi

Internet bugungi kunda butun dunyodagi vaziyat haqida soniyalar ichida cheksiz ma'lumotlarni ulashmoqda. Ular orasida esa xalqaro tinchlikka xavf soluvchi, insonlar o'rtasida shafqatsizlik va terrorni targ'ib etuvchi ma'lumotlar ham juda ko'p. Internet foydalanuvchilari esa eng avvalo mana shu ma'lumotlarni o'z zehni bilan farqlay olishi zarur.

Aks holda esa aldov qurboni bo'lib, yosh umri, salomatligi va kuch quvvatini, urush o'choqlarida, terrorchi tashkilotlarning harbiy lagerlarida xazonga aylantirish hech gap emas. Mazkur jihatlarni inobatga olgan holda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Xalqaro ekstremistik guruhlar faoliyatiga qo'shilib, ularning harakatlarida ishtirok etayotgan, milliy va umuminsoniy xavfsizlikka raxna solayotgan bir guruh shaxslarga nisbatan qidiruv e'lon qilinganligi haqida ogohlantiradi.

Mazkur shaxslar haqida biror ma'lumotga ega bo'lgan yurtdoshlarimiz hududiy ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqami orqali xabar berishlarini so'raymiz. Unutmang yurt tinchligini himoya qilish har bir fuqaroning burchidir.

IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага