Oʻgʻri begona emas ekan
2022-yil 29-iyul kuni ertalab, soat taxminan 06:35 larda Gʻuzor tumanidagi “Ishchilar shaharchasi”da yotoqxonada yashab kelgan Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi I.F. qoʻl telefonini qoʻygan joyidan topolmadi. Bu kamlik qilgandek choʻntagini kovlab 1 million 700 ming soʻm puli ham yoʻqolgandi. Holat yuzasidan Gʻuzor tumani IIBga ariza bilan murojaat qildi.
Mazkur murojaat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida “VIVO-2027" rusumli telefon apparati va yoʻqolgan pullarni jabrlanuvchi yashagan hududdagi yotoqxonada yashovchi ishchi, Qarshi tumanilik M.X. dan telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan Gʻuzor tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati