23 Iyun 2020 698

Ohangarondagi mudhish qotillik fosh etildi

Joriy yilning 5 yanvar` kuni Farg'ona viloyati Dang'ara tumanida yashagan 1962 yilda tug'ilgan marhum Komoljon YUldashev o'ziga tegishli bo'lgan Cobalt avtomashinasida «Qo'qon-Toshkent» yo'nalishi bo'ylab kira qilish maqsadida yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Bedarak yo'qolgan K. YUldashev boshqaruvida bo'lgan bo'lgan Cobalt avtomashinasi 8 yanvar` kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahar YAngiobod mahallasi hududida, uning murdasi esa tan jarohatlari bilan “Angren” daryosi qirg'og'idan topilgan edi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv surushtiruv ishlari davomida mazkur mudhish jinoyat ishi fosh etildi.

Ushbu jinoyatni 1998 yilda tug'ilgan, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi U.YO. tomonidan sodir etilganiga etarli ma'lumot va dalillar to'planib, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «i» bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Gumonlanuvchi U.YO. aybiga iqrorligini o'z arizasida ham bayon qilgan.

SHuningdek, surushtiruvlar davomida gumonlanuvchi U.YO. ning Ohangaron va Olmaliq shaharlarida sodir etgan boshqa (o'g'irlik) jinoyatlari ham fosh etilgan. Hozirda mazkur jinoyat ishlari yuzasidan Ohangaron shahar IIB TB tomonidan  dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tez orada jinoyatining tafsiloti hamda uning fosh etilishi jarayoni tasvirlangan videolavha joylashtiriladi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага