14 Avgust 2022 523

Ohangaron shahrida YPX inspektori tomonidan to‘xtatilgan avtoulovda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi

Joriy yilning 10 avgust tungi soat 02:00 larda tungi xizmatga jalb qilingan YPX katta inspektori S.J.Gultoyev, tomonidan Oxangaron shahar, 4-kichik nohiya hududida 1986 yilda tug‘ilgan Ohangaron shahrida yashovchi D.F boshqaruvida bo‘lgan “Nexia-2” rusumli transport vositasi tekshirish maqsadida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, ushbu transport vositasidan 4 dona “Tropikamid” va 84 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, xolislar ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar va fuqaro Ohangaron shahar IIBga topshiriladi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага