16 Avgust 2021 4268

Oltiariq tumanida 852 ming tonna koʻmir mahsulotlarini talon-toroj qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Joriy yilning 10-avgust kuni Fargʻona viloyati IIB TXTBga kelib tushgan maʼlumotga koʻra, shu yilning 6-iyul kuni Qoʻqon birlashgan yonilgʻi ombor xoʻjaligi Fargʻona viloyati Oltiariq koʻmir ombori koʻrikdan oʻtkazilganda, Oltiariq koʻmir ombori mudiri lavozimida ishlovchi, Oltiariq tumanida yashovchi 1993-y.t. A.K. oʻzining moddiy javobgarligida boʻlgan umumiy narxi 541.020.000 soʻmlik 852.000 tonna BR3 markali koʻmir mahsulotlarini oʻz manfaatini koʻzlab qora bozorda sotib yuborganligi maʼlum qilinib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini hamda yetkazilgan moddiy zarar undirilishida amaliy yordam berilishini soʻragan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, A.K. oʻziga biriktirilgan, aholi va byudjet tashkilotlariga tarqatilishi lozim boʻlgan 852.000 tonna BR3 markali koʻmir mahsulotlarini pulini keyinchalik berish sharti bilan tanishlariga arzon narxda sotib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan A.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага