28 Sentabr 2022 378

Oltiariq tumanida gashish giyohvandlik vositasini yonida saqlagan erkak qoʻlga tushdi

14-sentyabr kuni M.Sh. tuman markaziy buyum bozoridan erkaklar oyoq kiyimini oʻgʻirlagan vaqtda ushlanib, IIB binosiga olib kelinib, uni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, uning egnida boʻlgan erkaklar sport shimining chap choʻntagida gashish giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddani saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага