“Olx .uz” saytiga joylashtirilgan yolgʻon eʼlon orqali firibgarlik qilib kelayotgan shaxs ushlandi
Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi B.N., ariza bilan murojaat qilib, “Olx .uz” saytida, xonadon ijarasi toʻgʻrisidagi yolgʻon eʼlon boʻyicha nomaʼlum shaxsga 950.000 soʻm pul mablagʻini oʻtkazib berganidan soʻng aldanib qolganligini bildirib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida, pullarni oʻzlashtirgan shaxs, muqaddam javobgarlikka tortilgan, Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi, 1992-y.t. Sh.N. ekanligi aniqlangan.
Sh.N. bundan tashqari ushbu usuldan foydalanib, boshqa oʻndan ortiq fuqarolarni aldab, pul mablagʻlarini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi maʼlum boʻldi.
Sh.N. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi