2 Fevral 2023 456

“Olx .uz”da soxta “Dacha” firibgarligi. Ehtiyot boʻling!

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro R.A. ariza bilan murojaat qilib, “Olx .uz” saytida kunlik “Dacha Chimgan” nomli eʼlon boʻyicha nomaʼlum shaxs bilan telegram messenjeri orqali gaplashib, hovlini ijaraga olish maqsadida oldindan toʻlov sifatida unga 700.000 soʻm pullarni oʻtkazib berganligini, koʻrsatilgan manzilga borganida nomaʼlum shaxs u bilan aloqani uzib, telefon raqamlarini bloklab qoʻyganligini maʼlum qilib, pullarini qaytarilishida amaliy yordam soʻragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgarlik qilib pullarni oʻzlashtirgan shaxs, Toshkent shahar, Yashnobod tumanida yashovchi 1999-y.t., D.F. ekanligi aniqlangan.

D.F. firibgarlik yoʻli bilan boshqa bir nechta fuqarolarni ham aldab, pullarni oʻzlashtirganligi va shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi maʼlum boʻldi.

D.F. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага