30 Sentabr 2020 609

Omborxonaga o'g'irlikka tushgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi

2020 yilning iyun` oyi o'rtalarida noma'lum shaxs Kogon tumani Tutkunda MFY da joylashgan “Kogon suv qurilish” MChJ omborxonasining eshigi qulfini buzgan holda g'ayriqonuniy ravishda kirib, omborxonadan jami bahosi 26.382.249 (yigirma olti million uch yuz sakson ikki ming ikki yuz qirq to'qqiz) so'mga teng ancha miqdordagi, vazni 902 kg bo'lgan 11 turdagi bolt, 6 turdagi gayka va 3 turdagi shaybalarni yashirin ravishda o'g'irlab ketganligi holati bo'yicha, Kogon tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Kogon tumani Tutkunda MFY da yashovchi, 1999 yilda tug'ilgan Sh.T. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Hozirda Sh.T. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага