24 Noyabr 2021 633

Ommaviy sayyor qabul jarayonida 10 nafar fuqarolarimizga rasmiylashtirilgan ID-kartalari tantanali topshirildi

Respublika ishchi guruhi tomonidan Oʻrta Chirchiq tumanidagi Toshkent viloyati “Xalq qabulxonasi”da viloyat aholisi bilan navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabul davomida, Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, polkovnik Y.Abdulxakov va Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, polkovnik Tohir Aripov ishtirok etib 50 nafar fuqarolarning Ichki ishlar organlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaatlarni qabul qildilar.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, 15 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan boʻlsa, 7 nafarining arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Jarayonda, 8 nafar 16 yoshga toʻlgan yoshlarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, 25 yildan buyon Oʻzbekistonda yashab kelayotgan ikki nafar yurtdoshimizga ham ID-kartalar topshirilib, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlganliklari bilan muborakbod etildi.

— 25 yil kutgan orzuyim bugun ushaldi. Buning uchun eng avvalo davlatimiz rahbariga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman, — deydi fuqarolikka qabul qilingan Furqatjon Barotov.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага