12 May 2020 1202

Omonatga hiyonat qildi

Buxoro shahrida 11 may kuni shahar IIB TBdan tushgan hujjatlarga ko'ra, firibgarlik holati qayd etilgan. Ma'lum qilinishicha, 2019 yil 1 iyun` kuni Dilkusho ko'chasida yashovchi  F.Y. G'ijduvon tumani “Labirut” MFYda yashovchi R.B.dan unga tegishli bo'lgan Buxoro shahri A. Jomiy ko'chasidagi uyning xonadonlaridan birini 19.000 AQSH dollariga sotib olishlikni kelishib, oldindan 10.000 AQSH dollarini R.B.ga berib, uyni o'zining nomiga rasmiylashtirib oladi. Pulning qolgan qismini, ya'ni 9.000 AQSH dollarini berish o'rniga 2019 yil dekabr` oyida F.Y. uyni boshqa shaxsga sotib yuboradi. Jabrlangan shaxs ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qiladi. Xodimlarning sa'y-harakatlari tufayli F.Y. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага