Otliq otryad faoliyati bilan atroflicha tanishildi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi, podpolkovnik Sh.Ibragimov tomonidan, Toshkent shahar IIBB JXX JTSB PPXB Otliq otryadiga tashrif uyushtirilib, otryad xodimlarning faoliyati hamda xizmat otlarining saqlanishi, parvarishlanishi va dori-darmon vositalarining ajratilish holati, xizmat otlarining ommaviy tadbirlarda, koʻcha va jamoat joylarida jamoat xavfsizligini taʼminlash doirasida tayyorlanish darajasi shuningdek, yaratilgan shart-sharoitlar bilan atroflicha tanishildi.
Shu oʻrinda otryad xodimlari bilan Davlat rahbarining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi” Kodeksining mazmun mohiyati, undagi koʻrsatib oʻtilgan topshiriq va talablarning bajarilishi hamda xizmat va jismoniy tayyorgarlik holat borasida suhbat olib borilib, oʻzaro fikr almashildi shuningdek, xizmat faoliyat doirasida masʼullarga alohida koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
IIV JXD Axborot xizmati