28 Sentabr 2022 539

Oʻz qarzini soʻrab, kaltak yegan yigit

2022-yil 25-sentyabr kuni Yozyovon tumani Oqshom koʻchasida yashovchi 21 yoshli U.X. Fargʻona viloyati IIBning “102” raqamiga qoʻngʻiroq qilib, unda shu kuni soat 00:30 larda uning tanishi 22 yoshli Yo.J.dan boʻlgan 400.000 soʻm qarzdorligini qaytarib berishini soʻragan vaqtida u oʻzining tanishlari Fargʻona shahar Yakkatut koʻchasida yashovchi 32 yoshli E.Sh., 30 yoshli Q.J. va 20 yoshli X.X.lari bilan uni Fargʻona shahar Qirguli mavzesidagi sanoat zonasiga olib borishib, uning hayoti va sogʻligʻiga zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitishib, yonida boʻlgan 57.000 soʻm pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, nomaʼlum tomonga qochib ketishganligini maʼlum qilib, Yo.J. va boshqalarga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Yo.J., ye.Sh., Q.J. va X.X.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага