Ozarbayjon Respublikasi IIV delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
2022-yilning 28-iyul — 2-avgust kunlari Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Odam savdosiga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshligʻi Samir Garayev rahbarligida Ozarbayjon Respublikasi Odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha milliy koordinatori huzuridagi Ishchi guruhning Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshirilmoqda.
29-iyul kuni Ichki ishlar vazirligi binosida Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasining Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiya rahbariyati va aʼzolari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat oʻrtasida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan ushbu jinoyatdan jabrlangan shaxslarni himoya qilish, tegishli huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasida odam savdosiga oid jinoyatlar boʻyicha belgilangan surishtiruv va tergov ishlari samarasini oshirish, shuningdek, bu borada kengroq tajriba almashish va boʻlgʻusi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab oldilar.
Soʻng, delegatsiya Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markaziga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishdilar.
Hozirda Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasining tashrifi Buxoro shahrida davom etmoqda.
IIV TvaEQKBB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi