19 Sentabr 2021
4294
O'zaro janjal pichoqni qinidan chiqardi
2021 yil 15 sentabr kuni soat 00:30 larda, Chust tumanida yashovchi, 1991 yilda tug'ilgan fuqaro shar'iy nikohida bo'lgan, Chust tumanida yashovchi, 1976 yilda tug'ilgan ayol bilan uning yashash uyida o'zaro janjallashib turgan vaqtida, ayol bilan birga yashovchi, 2002 yilda tug'ilgan o'g'lini jahli chiqib, oshxonada bo'lgan osh pichoqni olib chiqib, 1991 yilda tug'ilgan fuqaroning qorin qismi o'ng tomoniga bir marotaba urib, tan jarohati etkazgan.
Ushbu holat bo'yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati