3 Noyabr 2022 1699

Oʻzbekiston Interpol milliy markaziy byurosi tashabbusi bilan madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishi mavzusiga bagʻishlangan oʻquv seminari boshlandi

Bugun, 3-noyabr kuni, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Interpol Milliy markaziy byurosi tashabbusi bilan Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti Interpol tomonidan jalb etilgan boshqarma va idoralar vakillari uchun madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishi va ularning noqonuniy harakatlanishiga qarshi kurashda Interpol imkoniyatlaridan foydalanish mavzusiga bagʻishlangan ikki kunga moʻljallangan oʻquv seminari oʻz ishini boshladi.

Bosh kotibiyat tomonidan tashkilotning Madaniy meroslarni muhofaza qilish boʻlimi eksperti janob Gonsalo Jordano ishtirok etib, shu kunlarda ushbu sohadagi jinoyatlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha jahon amaliyoti boʻyicha Bosh prokuratura, Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining Madaniy meros agentligi vakillari bilan keng maʼlumotlarni oʻrtoqlashdi.

Ushbu muhim voqea respublikaning tegishli boshqarmalari hududiy idoralari uchun ham onlayn rejimda oʻtkaziladi.

Trening davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Interpol Milliy markaziy byurosi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага