13 Iyun 2022 1069

O‘zbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurilla boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi amaliy aloqalarni davom ettirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga, shu jumladan ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi tashabbus va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага