8 Sentabr 2021 646

O'zbekiston Prezidenti birodar Tojikiston etakchisi va xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabrikladi

8 sentyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

Davlatimiz rahbari birodar Tojikiston Prezidenti va xalqini mustaqillikka erishilganining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezidentlar joriy yilning 16-17 sentyabr` kunlari Dushanbe shahrida o'tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi tadbirlariga tayyorgarlikning borishini ko'rib chiqdilar, shuningdek, Afg'onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

ShHTning bo'lajak sammiti doirasida etakchilar ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan alohida uchrashuv o'tkazishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага