13 Noyabr 2022 1612

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan butun Respublikamiz boʻylab “Yangi nafas” ommaviy yugurish sport tadbirlari oʻtkazildi

Toshkent shahrining “Ashxobod” bogʻida “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirlarda Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirlari tizim xodimlari shuningdek, poytaxtimiz aholisining 5 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan yurtdoshlarimiz munosib ishtirok etdilar.

Maʼlumot oʻrnida bu kabi tadbirlar bir vaqtning oʻzida yurtimizning 15 ta shahrida oʻtkazildi.

Aytib oʻtish joizki , bugungiday ommaviy sport tadbirlari “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” ekanligini yana bir bor yorqin ifoda etadi.

Tadbir yakunida gʻoliblar va faol ishtirokchilar esdalik nishonlari hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага