18 Avgust 2022 1200

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Eron Islom Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrtasida uchrashuv

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari Kengashi doirasida Toshkentda, 18-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov va Eron Islom Respublikasi Ichki ishlar vaziri janob Ahmad Vohidiy oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot chogʻida jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish va boshqa sohalarda ikki tomonlama idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi ichki ishlar vazirliklari oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumini imzoladilar.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага