5 Iyul 2021 4634

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bo'sh lavozimlarga tanlov e'lon qiladi

Axborot texnologiyalari kafedrasiga: professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi lavozimlari uchun “axborot texnologiyalari”, “komp`yuter injiniring”, “dasturiy injiniring”, “axborot xavfsizligi” mutaxassisliklariga ega bo'lganlar;

Tillarni o'rganish kafedrasiga: professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi lavozimlari uchun xorijiy (ingliz, rus, xitoy, koreys, frantsuz, ispan, turk) tillardan kamida ikkitasini mukammal bilganlar;

Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasiga: professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi lavozimlari uchun sportning ma'lum yo'nalishi bo'yicha respublika, Osiyo va Jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarda sovrindor bo'lganlar ishga qabul qilinadi.

Professor-o'qituvchilarning oylik maoshi quyidagicha belgilangan:

Professor lavozimi uchun – 10 000 000 dan 14 000 000 gacha;

Dotsent lavozimi uchun – 6 000 000 dan 10 000 000 gacha;

Katta o'qituvchi lavozimi uchun – 5 000 000 dan 9 000 000 gacha;

O'qituvchi lavozimi uchun – 4 500 000 dan 5 500 000 gacha.

eslatma: Tanlovda fuqarolik oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichini tamomlagan, kamida 3 (uch) yillik pedagogik stajiga ega bo'lganlar, ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega yoxud ilmiy faoliyat bilan shug'ullanib kelayotgan professor-o'qituvchilar va mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.

Manzil: Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani Intizor ko'chasi, 68-uy.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Kadrlar bo'limi.

Murojaat uchun telefonlar:

+998 (71) 265-16-38;

+998 (98) 111-77-10;

+998 (90) 921-64-46.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага