6 Sentabr 2021 2845

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi erkin yollangan bo'sh lavozimlarga tanlov e'lon qiladi

Axborot texnologiyalari kafedrasining professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi lavozimlariga “axborot texnologiyalari”, “komp'yuter injiniring”, “dasturiy injiniring”, “axborot xavfsizligi” mutaxassisliklariga ega bo'lganlar;

Tillarni o'rganish kafedrasining professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi lavozimlariga xorijiy (ingliz, rus, xitoy, koreys, frantsuz, ispan, turk) tillardan kamida ikkitasini mukammal bilganlar;

Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasining professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi lavozimlari uchun sportning ma'lum yo'nalishi bo'yicha respublika, Osiyo va Jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarda sovrindor bo'lganlar ishga qabul qilinadi.

Eslatma: Tanlovda fuqarolik oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichini tamomlagan, kamida 3 (uch) yillik pedagogik stajga, ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega yoxud ilmiy faoliyat bilan shug'ullanib kelayotgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin.

Manzil: Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani Intizor ko'chasi, 68-uy.

IIV Akademiyasining Kadrlar bo'limi.

Murojaat uchun telefonlar:

+998 (71) 265-16-38;

+998 (98) 111-77-10;

+998 (90) 921-64-46.

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага