16 Iyun 2022 404

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan sektor rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etildi

Unga koʻra, baholashning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

- hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi boʻyicha statistik koʻrsatkichlar yigʻindisi;

- yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi boʻyicha statistik koʻrsatkichlar yigʻindisi;

- xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi boʻyicha statistik koʻrsatkichlar yigʻindisi;

-mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar (48 turdagi mahallada sodir etilgan jinoyatchilikni oʻtgan yilga nisbati);

- sektor rahbarlarining shaxsiy tashabbuskorligi bilan amalga oshirilgan ishlari (yoʻl qurish, ichimlik suvi bilan taʼminlash, gazlashtirish, obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari va boshqa);

- tuman (shahar) boʻlinmalari rahbarlarining sohaviy xizmat faoliyati samaradorligining baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

- tuman (shahar) aholisi va MFY raislarining sektorlar faoliyatidan qoniqish darajasi boʻyicha soʻrovnoma natijalari;

- sektorlar rahbarlarining bilimini ilm.argos.uz platformasi orqali sinovdan oʻtkazish natijalari bilan shakllantiriladi.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага