14 May 2022 411

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida sayyor qabullar boshlandi

Bugun Namangan Davlat universiteti binosi hovlisida Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan, Namangan tumanlari aholisi uchun qabullar boʻlib oʻtmoqda.Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general mayor B.Mirzaraximov, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik B.Jalolov, Namangan viloyati Ichki boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etmoqda. Qabulga tashrif buyuruvchilarning murojaatlari roʻyxatdan oʻtkazilgan holda tegishli tartibda yoʻnaltirilmoqda. Fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni joyida yoki belgilangan muddatda hal qilish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek sayyor qabul davomida birinchi marta fuqarolik pasporti olayotgan yoshlarga Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan fuqarolik ID kartalari topshirildi.

Respublika ishchi guruhining sayyor qabullari yana ikki kun Chortoq va Chust tumanlarida davom ettiriladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага