16 May 2022 228

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida sayyor qabullar Chortoq tumanida davom etdi

Chortoq tumani hududida joylashgan majmua hovlisida Chortoq, Uychi, Norin, Yangiqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on tumanlari aholisi uchun qabullar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov, hamda Namangan viloyati Ichki boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi. Qabulga tashrif buyuruvchilarning Ichki ishlar organlari bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari ro‘yxatdan o‘tkazildi va tegishli tartibda yo‘naltirildi. Fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni joyida yoki belgilangan muddatda hal qilish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek sayyor qabul davomida birinchi marta fuqarolik pasporti olayotgan yoshlarga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan fuqarolik ID-kartalari topshirildi.

Respublika ishchi guruhining sayyor qabullari Chust, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Pop va Mingbuloq tumanlari aholisi uchun davom ettiriladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага