15 May 2023 1570

Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etgan qidiruvdagi shaxs ushlandi 

Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi sababli, qidiruvda boʻlgan – 1987-yilda tugʻilgan – Sh.N. xorijdan Oʻzbekistonga olib kelindi.

Sh.N. ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari gʻoyalari taʼsiriga tushib, Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari aʼzolari bilan doimiy aloqada boʻlib kelgan va ularning taʼsirida 2016-yilda Suriya Arab Respublikasi hududiga oʻtib, xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilgan hamda jangovar tayyorgarlikdan oʻtgan.

Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida Sh.N. xorijiy davlatlarning birida qoʻlga olinib, yurtimizga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Internet tarmogʻidan foydalanish va xorijda boʻlish davomida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining din niqobi ostidagi soxta daʼvatlariga aldanib qolmasliklaringizni soʻraymiz.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага