23 Iyul 2021 4693

O'zbekiston tumanida plastik karta hisobidan aldov yo'li bilan pul echib olgan shaxs aniqlandi

9 iyul` kuni "Sho'rqishloq" MFY hududida yashovchi K.A. IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma'lum shaxs o'ziga tegishli bo'lgan bank tomonidan berilgan plastik kartasiga telegram orqali telegram tarmog'idagi guppaga obunachi qo'shish maqsadida pul tushirib beraman deb, 250.000 so'm pulini echib olganini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston tumani IIB tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.M. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага